T-Express yangi tashkil etilgan pochta xizmatlaridan biri bo’lib, "To Trans Logistics Group" ga tegishlidir. T-Express Xitoy, Turkiya, Angliya va Italiyadan sotib olingan mahsulotlarni uyingizgacha yetkazib berish xizmatlarini taklif qiladi. T-Express jamoasi serg’ayrat professional mutaxassislardan iborat bo’lib, barcha jo’natmalarni o’z vaqtida, arzon va beshikast yetkazib berilishini ta’minlaydi.
Elektron savdoning mashhurligi dunyo bo’ylab kundan kunga ortib bormoqda. Shu o’rinda bizning maqsadimiz – elektron savdo ixlosmandlariga arzon va yuqori tezlikdagi yetkazmalarni ta’minlagan holda, elektron savdoni O’zbekiston ahlining kundalik hayotidagi ajratib bo’lmas qismiga aylantirishdir.
Texpress – bu Xitoy davlatidan sizning buyumlaringizni sifatli va tez olib kelib beruvchi kuriyerlik xizmatidir.
Texpress o’z faoliyatini 2017 – yildan beri olib boradi. Hozirda Texpress saytidan ro’yhatdan o’tgan mijozlarining umumiy soni 500 dan ortiqroq bo’lib shulardan 40% doimiy ravishda buyurtma beruvchilardir. Hozirgi kunga qadar Texpress mijozlarning 6000 ga yaqin tovarlarini o’z egalariga yetkazib berdi.
Firmamiz asoschisi logistika sohasida to’qqiz yillik tajribaga ega. Xitoyning GUANJOO shahrida TEXPRESSning o’z shaxsiy ombori mavjud bo’lib, barcha buyurtmalar o’sha omborga olib kelinadi va u yerdan O’zbekistonga ya’ni, Toshkentdagi offisga olib kelinadi.
Biz asosiy e’tiborni sifat va tezlikka qaratganmiz. shuning uchun ham biz buyurtmalaringizni havo yo’li orqali olib kelib beramiz. Buyurtmalaringiz 7 kundan 10 kun muddatgacha o’z qo’lingizda bo’ladi. Bundan tashqari, sizning har bir jarayoningiz maxsus sistemalashtirilgan va siz bu orqali o’zingizning buyurtmalaringizni xohlagan paytda buyurtmangizning og’irligini, qachon kelishini, qayerda ekanligini bemalol, qiyinchiliklarsiz kuzatib borishingiz mumkin.
Bu esa siz va mijozlaringiz orasidagi ishonchning ortishiga, bundan tashqari, mijozlaringiz sonini ko’payishga va biznesingizni qiyinchiliklarsiz boshqarishga olib keladi chunki biznesda eng asosiy narsa mijozlar ishonchini oqlash hisoblanadi.
TEXPRESSNING MAQSADI MIJOZLARGA SIFATLI XIZMAT KO'RSATISH!
Qolgan har qanday ma'lumotlar va hamkorlik uchun biz bilan bog'laning:
Tel: +998998840500 yoki +998998860500
Telegram kanali, yoki admin ga murojaat qiling