Mijoz TExpress sayti orqali buyurtma berganda quydagilarga axamiyat berishi lozim:
1. O'zi haqidagi barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiritishi, Ism Familya va Pasport raqamining to'g'ri kelmasiligi, jo'natmalarning kemasligiga sabab bo'lishi mumkin, va bu holatda TExpress javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi. Shuni uchun sizlardan o'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni to'g'ri kiritishingizni iltimos qilamiz.
2. Mijoz Quyida keltirilgan "Taqiqlangan jo'natmalar ro'yhati" da keltirilgan jo'natmalarni jo'natishlari taqiqlanadi va bundan habardor bo'lishingiz so'raladi.
3. Kuriyerlik jo'natmalari faqatgina shaxsiy extiyoj uchun ishlatiladigan jo'natmalarni o'z ichiga olganligi tufayli sizdan juda ko'p miqdorda bir xil tavarlarni buyurtma qilmasligingizni so'raymiz.
Taqiqlangan jo’natmalar ro'yxati:
1. Davlat va jamiyat tuzumiga qarshi, hududiy birlikni buzuvchi, siyosiy mustaqillik va davlat suverinitetiga raxna soluvchi, urush, terrorizm, zo'ravonlikni targ'ib qiluvchi, millatchilik va diniy adovat, irqchilik hamda uning ko'rinishlariga (antisemitizm, fashizm) yo'naltirilgan va pornografiyaga oid matbuot nashri, qo'lyozmalar, klishe, rasm, fotosurat, fotoplyonka, negativ, kino-, video- va audio mahsulotlar, plastinka, ovozli materiallar;
2. Hujum va mudofaa uchun mo’ljallangan maxsus sovuq qurol (va shu kabilar) va ular uchun o’q-dorilar;
3. Portlovchi va pirotexnik vositalar;
4. Mehnat kitobi, harbiy guvohnoma, pasport va boshqa turdagi shaxsiyatni isbotlovchi hujjatlar;
5. Giyohvand, psixotrop moddalar va prekursorlar;
6. Qimmatbaho metall va toshlardan ishlangan zargarlik buyumlari;
7. Spirtli ichimliklari, tamaki mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot texnikasi;
8. Yuqori chastotali radioelektron vositalari;
9. O'simlik va jonivorlardan olingan mahsulotlar;
10. Xalqning milliy, tarixiy yoki madaniy merosini ifodalovchi ob'ektlar;
11. Urug'lar va ko'chat materiallari; issiqlik bilan ishlovsiz hayvonot mahsulotlarining oziq-ovqat mahsulotlari; jonli hayvonlar;
12. Zargarlik buyumlari, bank qog'ozlari va qimmatbaho metallar;
13. Dron (uchuvchi moslamalar) va Lazer buyumlar.
14. Pochta xizmatlarini amalga oshirayotgan hodimlarga yoki jamoatchilikka, uchinchi shaxslar mulkiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan tovarlar.